Telegram Group Search
#youtube_tavsiya

Bugun O‘zbekistonda Ozarbayjon madaniyati kunlari ochilibdi. O'ylaymanki, bu yaxshi an'ana.

Ushbu madaniyat kunlari qardoshlarimizning qadimiy va boy madaniyati, san’ati, adabiyoti, milliy an’ana va qadriyatlari bilan yanada yaqinroq tanishish uchun qulay imkoniyatdir.

Shu munosabat bilan, bu hafta Ozarbayjon kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan o'lmas badiiyfilm — "Qaynona" (1978) tomosha qilishni tavsiya qilaman.

Ha, bu syujetni bizda juda siyqasi chiqarib yuborishdi. Lekin ishoning hali mana shu filmdanda yaxshiroq tarzda oilaviy rishtalarning ushbu tarafi ochib berilmagan.

Yoshligimda oilaviy sevib tomosha qilardik. U zamonlar hayot ham farovonroq, odamlar bir-biriga mehr-oqibatliroq edimikin..

https://www.youtube.com/watch?v=K6lIEn1ObrA

@boredpandablog
Ayolim bilan ko'chada ketyapmiz:
– Nuqil arik olik! Yiyasim galdi.
– Nuqil dagani novi?
– Sirti yilma na?!
– Yilma😂

Shevalarimiz ajoyib.

@boredpandablog
Oqlayman va duo qilaman.

@boredpandablog
​​#review #pandametric

"The 8 Show", (2024)

Koreys doramalari yildan-yilga yaxshiroq. Netflixdagi ushbu yangi dorama ham shular jumlasidan.

Serial ekshn bilan birga art-haus stilida suratga olingani, vintaj va teatr atributlaridan foydalangani unga o'ta o'zgacha atmosfera beradi. Rejissor Shekspirning "Butu dunyo sahna, undagi odamlar aktyorlardir" degan g'oyani serialga to'la singdira olgan.

Qarzga botgan 8 nafar kishiga yopiq majmuada pul ishlab topish taklif etiladi. Klassika. Kalmar o'yini kabi. Faqat undan farqli o'laroq, hech nima qilish shart emas, hududni tark etishmasa bo'ldi.

O'yinga kirishdan oldin 8 ta raqamdan birini tanlash lozim. Keyin ma'lum bo'ladiki, raqamlar bu qavatlarni bildiradi. Har bir o'tkazilgan daqiqa uchun pul beriladi, ammo kim qaysi qavatda yashasa, o'shanga qarab daromad topadi. Farq esa katta: 1-qavat daqiqasiga 10,000 von topsa, 8-qavat 340,000 von topadi.

Barcha oldiniga bir sutka chidasak bo'ldi deb o'ylaydi. Ammo keyinchalik taymer kamayish o'rniga ko'payib boradi. Bora-bora ishtirokchilar ularga bu yerda qanchalik ko'p tomoshabop qiliq qilishsa, koʻproq vaqt berishlarini tushunib yetishadi. Vaqt esa - pul degani.

Pastki qavatdagilar tabiiyki, shu yerda ko'proq qolib pul topishga harakat qilishadi. Lekin bu osonmas, chunki ehtiyojlar uchun narsalarga pul sarflash kerak. Buni ikki yo'li bor: yo har kim o'z xonasida topgan pulidan xojatdan tortib boshqa buyumlargacha sotib olishi kerak, yoki maydonchadagi "Umumiy vaqt"dan sotib olish mumkin.

Yuqori qavatdagilar esa "Umumiy pul"dan o'zlarini kayf-safosi uchun sarflash boshlashadi. Ijtimoiy tengsizlik va iyerarxiya boshlanadi. Yuqori qavatdagilar jazodan qochib, o'yinni faqat pastki qatlam "jazoga tortiladigan" qilib tuzishadi. Hammasi borgan sari, yovuzlashib, shafqatsizlashib boradi. Yuqori qavatdagilar psixologik, jismoniy qiynoqlarning eng ashaddiylarini qo'llashadi, pastdagilarni suvsiz-ovqatsiz qoldirashadi.

Qahramonlardan biri bunga juda to'g'ri ta'rif beradi. "Qachonki sen mazlum bo'lishga odatlanarkansan va hozirgidek butkul taslim bo'larkansan, oxir-oqibat bunga tan berasan. Qachonki kunma-kun pul va vaqt uchun azob, ter va qoningni to'karkansan, har kuni senga azob berishlariga chidarkansan, buni normal deb qabul qilishni boshlaysan".

Doramani tezda tugatib qo'yish mumkin. Uni "vau, ideal deyolmayman" lekin undan olsa bo'ladigan juda muhim messejlar bor.

Serialdagi har bir insonni maqsadi – yuqoriroq qavatga ko'tarilish. Eng quyidan chiqib, xuddi 8-raqamdagi oyimchaga o'xshab, yuqori qavatda yashash, juda ko'p pulga ega bo'lish.. Sizga hech nimani eslatmayaptimi?

Ammo qissadan hissa shuki: qavatlarni alishtirishni iloji yo'q. Chunki dastlab raqam tanlab bo'lingan, siz hech narsani o'zgartira olmaysiz. Buni o'zgartirishga urinishlaringiz hech qanday naf yo'q.

Qanaqa oilada, qanday sharoitda tug'ilganing, kelib chiqishing, ta'lim darajang sifati va boshqalar hayotda katta rol o'ynaydi.

Yuqoriroq qavatga ko'tarilish, "ijtimoiy lift" (bekorda serialda lift emas, zina qo'yilmagan) yoki o'ylaganingdan ko'proq topish - bu illuziya, sarob. Kapitalistik tizimning shirin aldovi. Aslida allaqachon shu teatrda yashayapmiz. Arzimagan pul va vaqt uchun siz bilan istagan tomoshasini qilishlari mumkin. Tafakkur qiling. Ildiziga e'tibor bersangiz, ko'p narsani tushunib olasiz.

Serial aynan biz haqimizda, ayni damda yashayotgan jamiyatimiz haqida.

Panda tavsiya qiladi.
Panda Metric - 8.5 🍊 /10 🍊

@boredpandablog
Allohga beadad shukrki, bugun o'zi ikkinchi bor otalik baxtiga muyassar ayladi.
Samimiy tilaklar uchun barchangizga katta rahmat!
Xo'p, endi kelgan joyidan davom ettiramiz, do'stlar...!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#premyera #serial

Netflix "Vikinglar: Valgalla" seriali 3-mavsumi treylerini taqdim qildi.

Premyera 11-iyulda.

@boredpandablog
Bored Panda
Photo
#kinonews

"Ajdar Xonadoni" rasman 3-mavsumga uzaytirildi. Indinga esa 2-mavsum premyerasi.

@boredpandablog
#Euro2024

🏴󠁧󠁢󠁳󠁣󠁴󠁿Shotlandiya - 🇩🇪Germaniya o'yini haqida fikrlar uchun post.
Bitta qiziq ish bo'ldi.

Xullas, mana 2 kundan beri menga bir necha bor turli "dekorlar"dan qo'ng'iroq qilishib, "tadbirlaringizni bezab beramiz, to'y, tug'ilgan kun yoki roddomdan opchiqishni bezatish" xizmatlarini taklif qilishdi. Farzandli bo'lganimdan keyinoq, bu ishlar bo'lishi chin tasodifmikan yoki qaysidur tashkilotimizdagilar bizning ma'lumotlarimizni "pullarmikan"..?!

Manimcha, bu shunchaki tasodif bo'lsa kerak..

@boredpandablog
Bored Panda
Roddomga hozirgina Rolls-Royce va Gelik kirib ketdi. Ichkarida Maybach va BYD Champion turudi. Hammasi bolalarni olib chiqishga kelishgan. Sizlar qanday qaraysizlar shu odatga?
#haqida

Bolani roddomdan opchiqish

Birinchi o'g'limni, men ham shu mashinada olib chiqqanman. 2 soatlik ijarasi falon pul turardi. (Ammo Mersedes haqqatdan zo'r moshinaligini o'shanda bilganman :) Lekin Toshkentda faqat oyim bo'lgani uchun bizni kutib oladigan tolpa yo'q edi. Kinoda aytilganidek: "hech kim ko'rmadi".

O'zi videochiyam chaqirmaganman. Telefonga rasmga tushganmiz. Lekin opchiqqanimda "Million"dagidek baqirishib turganlarga 50 mingdan, sumkani opchiqishga yordamlashgan amakigayam 50 mingdan berganman. Doyaga qancha $ berganimni aytmay qo'yaqolay. Shularni hozir eslasam kulib qo'yaman:)

O'zi birinchi otalik hovliqma bo'larkan. Hamma narsa qilging keladi. Ammo ortiqcha dabdaba va ko'z-ko'zdan mazza qiladiganlar toifasiga kirmaslikni maslahat berardim. Kimdandir kam bo'lmay deb qurbi yetmasa ham qilishni esa umuman ma'qullamayman. Birovni fikri uchun yashamang.

Eng muhimi, farzandlaringiz va ayolingiz sog'ligi. Pulni shunga sarflagan ma'qul.
Qurbon hayiti barchangizga muborak bo'lsin!

@boredpandablog
Ayyubxo'ja, my son, welcome home...!
Bugun. "Ajdarlar Xonadoni". 2-mavsum.

@boredpandablog
#Euro2024

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Angliya va 🇷🇸Serbiya o'yini haqida fikrlar uchun post. So'z mahalliy ekspertlarga.

Angliya muxlislari faol bo'lib, qo'llab-quvvatlab turamiz!

@boredpandablog
2024/06/17 00:18:48
Back to Top
HTML Embed Code: